Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

6 martdan boshlab Samarqand - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

A A A
6 martdan boshlab Samarqand - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Samarqand va Toshkent shahrini bog‘lovchi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobus 2022 yilning 18 iyul sanasidan boshlab yo‘lovchilarga xizmat qilib kelmoqda. Avtobuslarning jo‘nash vaqti soat 7.00 qilib belgilangan.

Viloyat transport boshqarmasiga ko‘ra, yo‘lovchilarning mazkur yo‘nalishga talabi ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, dushanba, 6 mart sanasidan boshlab yana bir qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda Samarqand shahar, Temiryo‘l vokzali hududidan soat 9.00 da ham Toshkent shahriga avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

Toshkent shahridan esa 14.00 va 15.00 da Samarqandga yo‘l oladi. Yo‘l kira narxi 48 000 (qirq sakkiz ming) so‘m etib belgilangan.

Kiritildi: 21:59 04.03.2023. O'qildi: 4386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!