Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgan ayol ishdan haydaldi

6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgan ayol ishdan haydaldi

Xitoyning Guanchjou shahrida bir yil davomida ishxonadan olti marotaba bir daqiqa ertaroq ketgani uchun bo‘shatib yuborilgan xodim sudda yutib chiqdi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Qayd etilishicha, barchasi o‘tgan yili, Van familiyali ishchiga xodimlar bilan ishlash bo‘yicha menejer qo‘ng‘iroq qilganida boshlangan. Menejer unga ofisning kuzatuv kameralaridagi qaydlarni ko‘rib chiqqani, unda ayol yil davomida bir necha bor ish joyini belgilangan vaqtdan bir daqiqa erta tark etgani tasvirlanganini bildirgan.

Shundan so‘ng, u hech bir ogohlantirish va hayfsanlarsiz Vanni shunchaki ishdan bo‘shatib yuborgan. Ta’kidlanishicha, xodimning ishdagi «ko‘rsatkichlari yetarlicha yaxshi bo‘lgan».

Van ish beruvchini mehnat huquqlari himoyasi bo‘yicha mahalliy organ va sudga da’vo arizasini kiritgan. Sud Van ishdan rejalashtirilgan vaqtdan bir daqiqa erta ketganiga qaramay, ish beruvchi uni bir tomonlama tartibda bo‘shatib yuborishga haqqi yo‘q deb topgan.

Sud qarorida xodim noqonuniy ravishda bo‘shatilgani, chunki bunga yetarlicha asos bo‘lmagani keltirilgan. Natijada ish beruvchi Vanga kompensasiya to‘lashga majbur ekani to‘g‘risida qaror chiqarilgan, ammo uning miqdori qancha ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Kiritildi: 19:14 14.04.2025. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!