57 yoshli Kadzuyoshi Miura faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Dunyoning eng yoshi katta futbolchisi Yaponiyaning 4-divizioni vakili «Atletiko Suzuka»da ijara asosida o‘ynashda davom etadi, deb xabar beradi The Athletic.
Yaponiyalik futbolchi aslida «Yokohama» klubiga tegishli.
Yarimhimoyachi professional faoliyatidagi 40-mavsumini o‘tkazadi. Miura Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya va Portugaliyada ham o‘ynagan. U Yaponiya milliy jamoasi safida 89 ta o‘yin o‘tkazib, 55 ta gol urgan.