Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan tumanida joylashgan boshlang‘ich maktabda kamida 40 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi RIA Novosti. Gap shundaki, o‘quv muassasasi talabalari va xodimlariga erkak kishi pichoq bilan tashlangan.
Hodisa 4 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Noma’lum erkak maktabga qo‘lida pichoq bilan yugurib kirib, bolalar va maktab xodimlariga hujum qila boshlagan. Natijada kamida 40 kishi jabrlandi, ulardan uchtasining ahvoli og‘ir: direktor, qorovul va maktab o‘quvchisi.
Hujum qilgan shaxs ushlangan. U xavfsizlik kompaniyasining 50 yoshli xodimi ekanligi ayon bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni jinoyat sodir etishga undagan sabablarni aniqlashmoqda. Tergov davom etmoqda.