Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

5 nafar talaba o‘qishini Qirg‘izistondan Namanganga ko‘chirmoqchi bo‘ldi, ammo...

5 nafar talaba o‘qishini Qirg‘izistondan Namanganga ko‘chirmoqchi bo‘ldi, ammo...

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, go‘yoki o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali haq evaziga fuqarolarning Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilib, 5 nafar fuqaroning 11 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:49 31.03.2022. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!