Kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan “Ohangaron-Pungon” magistral gaz quvuriga yangi quvur ulash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 5-6 sentyabr kunlari Andijon viloyatidagi ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
Aholi xonadonlariga mazkur cheklovlar kiritilmaydi va ularni tabiiy gaz bilan ta’minlash davom ettiriladi.
Shuningdek, joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari Andijon viloyatidagi maxsus avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi.