Rossiyalik teatr va kino aktrisasi Dariya Poverennova millioner Andrey Sharonovga turmushga chiqdi. Bu haqda u instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Nikoh marosimi 14 fevral, yakshanba kuni Moskvadagi Spiridonov qasrida bo‘lib o‘tdi. «Biz deyarli sakkiz yildan beri birga ishlaymiz. Va nihoyat!”, - deya yozdi 48 yoshli Poverennova.
57 yoshli Andrey Sharonov Skolkovo Moskva menejment maktabiga rahbarlik qiladi. Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 163 million rubldan oshadi.
Aktrisa uchun bu allaqachon ikkinchi nikoh, ilgari u rejissyor Aleksandr Jigalkin bilan turmush qurgan. Birinchi turmushidan qizi bor.