Portugaliya terma jamoasi matbuot xizmati Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi uchrashuvlari uchun tarkibni e’lon qildi. Ro‘yxatdan «An-Nasr» forvardi, mashhur 40 yoshli Krishtianu Ronaldu ham joy oldi. Shuningdek, «Milan»ning jarohat olgan hujumchi vingeri Rafael Leau bu safar rosterga kiritilmadi.
Portugaliya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Diogu Koshta («Portu»), Ruy Silva («Sporting»), Joze Sa («Vulverxempton»);
Himoyachilar: Diogu Dalo («Manchester Yunayted»), Joau Kanselu («Al-Hilol»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Renatu Veyga («Vilyarreal»), Antoniu Silva («Benfika»), Nunu Mendesh («PSJ»), Gonsalu Inasiu («Sporting»);
Yarimhimoyachilar: Joau Palinya («Tottenhem»), Joau Nevesh, Vitinya (ikkalasi ham — «PSJ»), Ruben Nevesh («Al-Hilol»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Bernardu Silva («Manchester Siti»);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»), Pedru Netu («Chelsi»), Fransisku Trinkan («Sporting»), Fransishku Konseysau («Yuventus»), Gonsalu Ramush («PSJ»), Pedru Gonsalvesh («Sporting»), Joau Feliks («An-Nasr»).
Eslatib o‘tamiz, Roberto Martines shogirdlari 6 sentyabrda Armaniston, 9 sentyabrda esa Vengriyaga qarshi JCH–2026 saralash bahslarida maydonga tushishadi. Ikkala o‘yin ham safarda o‘tkaziladi.