Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

4 yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi

A A A
4 yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi

Bektemir tumani Majnuntol MFYda yashovchi fuqaro N.Kurbonboyeva oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘ining uyidan ketishga majbur bo‘lgan. Biroq, voyaga yetmagan bir nafar farzandini olib ketolmagach, sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 4 yoshli N.Nematjonovani onasiga olib berish belgilangan.

Ushbu ijro varaqa Byuroning Bektemir tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda «ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 6 aprel kuni davlat ijrochilari tomonidan tegishli organlar va xolislar ishtirokida bolakay onasi tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Kiritildi: 15:42 11.04.2023. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!