Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

32 nafar fuqaroning nomidan kredit olishga erishgan MCHJ hisobchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

32 nafar fuqaroning nomidan kredit olishga erishgan MCHJ hisobchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MCHJ bosh hisobchisi SH.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, aslida MCHJda ishlamaydigan 32 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz, soxta ma’lumotlarni tayyorlab, tijorat banklari filiallaridan jami 1,2 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan SH.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:58 05.05.2021. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!