Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma’lum qildi.
Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabagacha ta’lim muassasasi xodimlari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi.
Ma’lumotga ko‘ra, 31 may kunidan boshlab, ushbu ro‘yxatga:
✈️ Chet elga o‘qishga boradigan talabalar;
📰 Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
📝 Yozuvchilar;
📺 Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlar qo‘shildi.