Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.B. jami 3 400 AQSh dollarini fuqaro N.S.ga 43,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.X. fuqaro T.I.dan 3 300 AQSh dollarini 41,9 mln so‘mga sotib olishga kelishib, 25,9 mln so‘mni bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4 220 AQSh dollari va 25,9 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan P.J. jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro M.X.ga 39,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.