Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

3 ming dollarni 38,1 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

3 ming dollarni 38,1 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Z.J. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro S.X.ga 38,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.T. fuqaro F.K.dan jami 270 ming Rossiya rublini 35,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:14 21.05.2024. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!