Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

3 dona “Zardeks” dorisini 300 ming so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

A A A
3 dona “Zardeks” dorisini 300 ming so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumani “I.” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.P. va boshqalar fuqaro A.SH.ga 3 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 300 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida fuqarolar S.G. va X.K.ning xonadonidan 229 dona “Zardeks” , 47 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi hamda 15 dona oq rangli kukunsimon, to‘q jigar rangli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: 11:45 07.11.2023. O'qildi: 1673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!