Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

298 dron va 69 raketa - Ukraina yana havo hujumiga uchradi, qurbonlar va yaradorlar bor

298 dron va 69 raketa - Ukraina yana havo hujumiga uchradi, qurbonlar va yaradorlar bor

Kecha kechqurun Ukrainaning Kiyev, Xerson, Nikolayev va boshqa shaharlari rus armiyasi tomonidan hujumga uchradi. Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, 298 ta dron va 69 ta raketa ishlatilgan. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari 266 ta uchuvchisiz samolyot va 45 ta raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Hujumlarning bir qismi turar-joy binolarini nishonga olgan. Shu tariqa, Nikolayevda dron besh qavatli binoga borib urilgan, bir kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan, deb xabar berdi shahar ma’muriyati. Umuman olganda, Ukraina rasmiylariga ko‘ra, yakshanbaga o‘tar kechasi kamida 9 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan.

Kiritildi: 12:34 25.05.2025. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!