Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

24 avgust kuni soat 13:00da Osiyo Chempionlar ligasining 2023-2024 mavsumi guruh bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi

A A A
24 avgust kuni soat 13:00da Osiyo Chempionlar ligasining 2023-2024 mavsumi guruh bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi

Marosimni Osiyo Futbol Konfederasiyasi musobaqalar o‘tkazish departamenti rahbari, o‘zbekistonlik Avaz Berdiqulov olib boradi.

Kuni kecha saralash bosqichining so‘nggi o‘yinlari yakunlandi. Va biz o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun juda omadli keldi. Bu yilgi musobaqalarda to‘rt jamoamiz bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘ldi.

"Paxtakor" yurtimiz chempioni sifatida guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Qarshining "Nasaf" jamoasi kubok egasi sifatida. Super liganing o‘tgan yilgi kumush medal sohibi "Navbahor", hamda sovrindor OKMKlar musobaqaning saralash o‘yinlari orqali guruh bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Ertangi qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori Diyor Imomho‘jayev va o‘rinbosari Zohir Akramxonovlar ham kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishadi.

Marosim OFKning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:30 23.08.2023. O'qildi: 2218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!