Agar 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar natijasida respublikachilar Kongressdagi ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotsa, Trampga impichment xavf solishi mumkin
Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson Turning Point USA tashkiloti tadbiridagi chiqishida aytdi.
"Agar biz Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotsak, o‘ta so‘l kuchlar prezident Trampga impichment e’lon qiladi. Ular mutlaq betartiblik yaratishni rejalashtirmoqda, biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — dedi Jonson .
2026 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Vakillar palatasining barcha 435 a’zosi va Senatdagi 100 o‘rindan 35 tasi qayta saylanadi. Hozirda har ikki palatada ham respublikachilar ko‘pchilik o‘ringa ega.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Oq uy ushbu saylovlargacha Ukrainadagi urushni yakunlashni istayotmoqda, bu esa respublikachilarga o‘z pozisiyalarini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.