Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025 yil uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi «Fuqarolar uchun byudjet» axborot nashrida kelgusi yilda ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (47,3 foiz) tashkil etishi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda ta’limga 84 trln 332 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yilda kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 13 trln 221 mlrd so‘mga ko‘proqni tashkil etadi.
Shundan:
Shu jumladan, 2025 yil uchun maktabgacha ta’lim sohasi xarajatlari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga kamrov darajasini 80 foizga yetkazishni hisobga olgan holda rejalashtirilgan.