Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasi (IFJ) xabar berdi.
Ushbu statistikaga baxtsiz hodisalar oqibatida yuz bergan 9 ta o‘lim holati ham kiritilgan. Taqqoslash uchun: 2024 yilda dunyo bo‘yicha 122 nafar jurnalist halok bo‘lgan, shundan 14 nafari ayollar edi.
"2024 yil bilan solishtirganda ko‘rsatkichning oshgani jurnalistlar uchun xavotir darajasining eng yuqori bosqichga chiqqanini anglatadi", — dedi IFJ rahbari Entoni Bellanjer.
Tashkilot rasmiylarning “ommaviy axborot vositalari xodimlarini himoya qilish borasidagi doimiy muvaffaqiyatsizligi”ni qoralab, 2026 yilda zo‘ravonlik va jazosizlikka barham berish uchun “zudlik bilan va qat’iy choralar ko‘rishga” chaqirdi.