2024 yilning 6 oyida farzandlikka olish bo‘yicha 2 543 ta ariza qanoatlantirildi.
Oliy sud matbuot kotibining ma’lum qilishicha, birinchi yarim yillikda sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bo‘yicha 2 701 ta ish ko‘rilgan.
O‘tgan yili fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar bolani oilaga farzandlikka olish bo‘yicha 5 359 ta ishni ko‘rib chiqqan va 5 011 ta arizani qanoatlantirgan.