Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shohruxbek G‘aniyev ma’lum qildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 2020-2024 yillarda ipoteka kreditlari bo‘yicha 55 007 nafar fuqaroga taqdim etilgan subsidiya xabarnomalariga asosan foiz to‘lovlari uchun 418,8 mlrd so‘mlik subsidiya to‘lab berildi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha Respublika byudjetidan 8 trln 250 mlrd so‘m resurslar ajratilishi belgilangan.
Hozirda, tijorat banklari tomonidan kelib tushgan talabnomalarning barchasi qoplab berilishi natijasida 3 trln. so‘m (rejaning 36,5 foizi) mablag‘lar ajratildi.
Davlat rahbari boshchiligida 2024 yil 12 mart kuni uy-joylar qurilishi sohasida o‘tkazilgan yig‘ilishda joriy yilda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 6 trln so‘mlik ipoteka kreditlarini ajratish belgilab berilgan edi.