Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

2024 yilda davlat byudjetidan turizm sohasi uchun 483 milliard so‘m ajratildi

2024 yilda davlat byudjetidan turizm sohasi uchun 483 milliard so‘m ajratildi

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, turizmni rivojlantirish maqsadida 2024 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Shu doirada davlat byudjetidan turizm sohasi uchun jami 117 milliard so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.

Bu mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Jumladan, xorijiy turizm bozorlarida mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun 50 milliard so‘m, yangi dor yo‘llar qurilishi va jihozlanishi xarajatlarining bir qismini qoplashga 10 milliard so‘m, yangi mehmonxonalar qurilishi va jihozlanishi xarajatlari uchun 4 milliard so‘m, UNWTO shafeligidagi Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi qurilishiga 10 milliard so‘m va boshqa xarajatlar uchun 43 milliard so‘m ajratilgan.

Shuningdek, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida turizm ob’ektlari qurilishi va rekonstruksiyasiga 322 milliard so‘m, yuqori turizm salohiyatiga ega 20 ta tumanda infratuzilma muammolarini bartaraf etish uchun 80 milliard so‘m, jami 402 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Yil yakunida amalga oshirilgan ishlar qiymati 342 milliard so‘mni tashkil qilib, 366 milliard so‘m (91 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.

2024 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijlik turistlar soni 10,28 million nafarga yetdi. Bu 2023 yildagi 6,63 million nafarga nisbatan 3,65 millionga yoki 55 foizga ko‘pdir. Shuningdek, ichki turizmda ishtirok etganlar soni 22,67 million nafarni tashkil qildi, bu esa 2023 yilga nisbatan 2 million nafarga yoki 10 foizga o‘sishni anglatadi.

Xorijlik sayyohlar hisobiga 2024 yilda turizm xizmatlari eksporti 3 milliard 489 million AQSh dollariga yetdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 2 milliard 143 million dollarni tashkil qilgan. Ya’ni, 1 milliard 346 million dollar yoki 62 foiz o‘sish kuzatildi.

2024 yilda yurtimizda 627 ta yangi joylashtirish vositalari (jami 17 304 o‘rin), shu jumladan, 80 ta mehmonxona, 215 ta xostel, 294 ta oilaviy mehmon uylari, 2 ta sanatoriy va sog‘lomlashtirish markazlari tashkil etildi. Shu bilan joylashtirish vositalari umumiy soni 6 153 taga, o‘rinlar soni 161,4 mingtaga yetdi.

Shuningdek, yanada qulay xizmatlar uchun 961 ta yangi turizm tashkiloti va turagentliklar ish boshladi, ularning umumiy soni 3 686 taga yetdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda 3 200 nafar gid-ekskursovodlar faoliyat yuritmoqda.

2024 yilda 1 010 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasining holati yaxshilandi: 512 tasi yangidan qurildi, 498 tasi ta’mirlandi. Shuningdek, Andijon viloyati Xonobod shahri va Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 4 ta turizm axborot markazi ish boshladi.

Kiritildi: 16:30 11.04.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!