Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

2024 yilda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” orqali auksionda sotilgan eng arzon avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘ldi. Bu haqda birja mas’ul xodimi Hikmatullo Tillaboyev ma’lumot berdi.

Qayd qilinishicha, avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksion orqali sotilgan. Ularning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Eng arzon avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘lgan.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 11,8 foizga o‘sgan. Jumladan, birja savdolari 14,8 foizga, elektron davlat xaridlari 5,3 foizga, avtoraqamlar onlayn auksionlari 2 baravarga, mobil raqamlarning sotuv hajmlari esa 43,6 foizga oshgan.

Kiritildi: 19:12 07.02.2025. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!