Bu haqda BBC News Yevropa iqlim o‘zgarishi monitoringi Copernicus xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, havo harorati so‘nggi ikki yilda 1,5°Cga yuqoriroq darajaga ko‘tarilgan, dunyoning o‘rtacha harorati esa 15,1°Cni tashkil etgan. Shu tariqa, so‘nggi o‘n yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davrga aylandi.
Harorat zamonaviy insoniyat uchun mislsiz darajaga yetgan, bu esa butun dunyo bo‘ylab tabiiy ofatlarning yanada ko‘proq va shiddatli bo‘lishini ta’minladi, deyiladi hisobotda.