Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ rahbari Samvel Shahramanyan 2024 yil 1 yanvardan respublikaning rasman tugatilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
"Tog‘li Qorabog‘ xalqining jismoniy xavfsizligi va hayotiy manfaatlarini ta’minlash ustuvorligini inobatga olgan holda hamda tan olinmagan respublika bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq, unga bo‘ysunuvchi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatiladi", — deyiladi rasmiy xabarda.