Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

2023 yilning oktyabri rekord darajada issiq bo‘ldi

A A A
2023 yilning oktyabri rekord darajada issiq bo‘ldi

2023 yilning oktyabri mazkur oyning meteorologik kuzatuvlari tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi. O‘tgan oyda o‘rtacha havo harorati Selsiy bo‘yicha 15,30 darajani tashkil qildi.

Joriy yilning oktyabr oyidagi ko‘rsatkichlar 1991-2020 yillardagi o‘rtacha haroratdan 0,85 darajaga yuqori. Avvalgi rekord 2019 yil oktyabr oyida qayd etilgan edi. O‘sha ko‘rsatkichlar 2023 yilga nisbatan 0,40 darajaga pastroq, deb xabar beradi mir24.tv.

Mutaxassislarning qayd etishicha, joriy yilning yanvaridan oktyabrigacha bo‘lgan o‘rtacha harorat 2016 yilning 10 oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,10 darajaga yuqori bo‘lgan – bu butun kuzatuv davri uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi Yevropa iqlim o‘zgarishi xizmati – Copernicus.

“Biz to‘liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 2023 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ladi va u hozirgi kunda sanoatdan oldingi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,43 darajaga yuqori”, dedi Copernicus bosh direktori o‘rinbosari Samanta Berjess.

Kiritildi: 15:38 10.11.2023. O'qildi: 1381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!