Bugun 26 fevral, 2024 yil, dushanba

КИР

2023 yilda tashkil topgan klub Turkmaniston chempionatida g‘alaba qozondi

2023 yilda tashkil topgan klub Turkmaniston chempionatida g‘alaba qozondi

Joriy yilning bahorida tashkil topgan klub Turmaniston chempionatida g‘alaba qozondi.

“Arkadag‘” turnir tugashiga 4 tur qolgan muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa 20 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 60 ochko jamg‘ardi. 70 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 14 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Ikkinchi o‘rindagi “Altin Asir” jamoasida 44 ochko mavjud.

“Arkadag‘” — Turkmanistonning sobiq prezidenti, hozirda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov nomi bilan atalgan shaharning klubi hisoblanadi.

BBC nashrining xabariga ko‘ra, klubning libosi va logotipi dizayni bo‘yicha shaxsan Berdimuhamedovning o‘zi shug‘ullangan. Mavsum avvalida jamoa liganing eng kuchli futbolchilari bilan shartnoma imzolagan edi.

Kiritildi: 10:35 07.12.2023. O'qildi: 1353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!