Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

2023 yil yanvar-avgust oylari bo‘yicha O‘zRVB valyuta bozori sharhi

A A A
2023 yil yanvar-avgust oylari bo‘yicha O‘zRVB valyuta bozori sharhi

💰 Bugungi kunda O‘zbekiston valyuta bozorining dinamik tendensiyalari investorlar va treyderlar e’tiborini o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda. Barqaror makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va samarali pul-kredit siyosati valyuta bozorini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zRVB valyuta bozorida USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS i CNY/UZS valyuta juftliklari bo‘yicha spot operasiyalari amalga oshiriladi.

📌Joriy yilning o‘tgan 8 oyi yakunlariga ko‘ra:

😎valyuta bozorida savdolarning umumiy hajmi 296,45 trln. so‘m;

😎o‘tgan yilgi xuddi shu ko‘rsatkichga nisbatan o‘sish 44,70 foiz (2022 yilda 204,88 trln. so‘m);

😎valyuta bozori bitimlari ulushi umumiy savdo hajmining 43,73 foizini tashkil etdi.

📈 Hisobot davrining so‘nggi savdo kunidagi USD/UZS valyuta juftligi bo‘yicha almashuv kursi 12 102,00 so‘mni tashkil etdi. Yil boshidagi ko‘rsatkichga (11 246,81 so‘m) nisbatan o‘zgarish 7,60%ni tashkil tadi.

Kiritildi: 17:23 21.09.2023. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!