BMTning besh agentligi shu hafta e’lon qilgan Oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish holati to‘g‘risidagi hisobotda 2023 yil taxminan 733 million odam ochlikdan aziyat chekkani, bu yer yuzidagi har 11 kishidan biri, Afrikada esa har beshinchi odam ochlik azobini boshdan kechirayotgani qayd etilgan. Ba’zi sohalarda erishilgan kichik yutuqlarga qaramay, tashvishli darajada ko‘pchilik hamon oziq-ovqat xavfsizligi va to‘yib ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqda.
Yana bir muammo bor: global miqyosda va barcha yosh guruhlarida ortiqcha vazn, semirib ketish holati ortmoqda. Tashkilot ushbu masalada ham xalqaro hamjamiyatni birgalikda chora ko‘rishga chaqirdi.