Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

2023 yil 7 oktyabridan buyon G‘azo va G‘arbiy sohilda 17 mingdan ortiq falastinilik o‘quvchi halok bo‘ldi — Falastin ta’lim vazirligi

2023 yil 7 oktyabridan buyon G‘azo va G‘arbiy sohilda 17 mingdan ortiq falastinilik o‘quvchi halok bo‘ldi — Falastin ta’lim vazirligi

Falastin Milliy maorif va oliy ta’lim vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabridan buyon — Isroilning G‘azo sektoriga qarshi harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri — G‘azo va ishg‘ol etilgan G‘arbiy sohilda 17 315 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, yana 27 191 nafar o‘quvchi yaralangan.

Hisobotga ko‘ra, G‘azo sektorida 17 175 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 26 264 nafar o‘quvchi yaralangan. Shuningdek, 928 nafar o‘qituvchi nobud bo‘lgan, 4452 nafari yaralangan.

G‘arbiy sohilda esa 140 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 927 nafar yaralangan, 768 nafar o‘quvchi qo‘lga olingan. 199 nafar o‘qituvchi ham hibsga olingan.

G‘azo sektoridagi 252 ta davlat maktabi jiddiy shikastlangan. UNRWA (BMTning Falastin qochqinlariga yordam agentligi)ga tegishli 91 ta maktab bombardimon qilinib, butunlay vayron qilingan. Shuningdek, 60 ta universitet binosi to‘liq yo‘q qilingan.

Ishg‘ol etilgan G‘arbiy sohilda 152 ta maktab va 8 ta universitet binosi vayron etilgan. Jenin, Tulkarm, Salfit va Tubas shaharlaridagi ayrim maktablarning devorlari ham buzilgan.

Mintaqadagi keskinlik tufayli G‘arbiy sohildagi universitetlar ta’limni masofaviy tarzda davom ettirmoqda. Shu bilan birga, 25 ta maktab va ulardagi o‘qituvchi hamda o‘quvchilar ta’lim tizimi ro‘yxatidan chiqarib yuborilgan.

Falastin rasmiylari ta’kidlashicha, davom etayotgan hujumlar ta’lim tizimiga beqiyos zarar yetkazmoqda va butun avlodning kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Kiritildi: 18:04 08.07.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!