Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi

2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov so‘zlariga ko‘ra, kelgusida fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi.

“2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi va fuqarolar elektron tartibda ro‘yxatga olinib, ID kartalardan foydalaniladi”, - dedi SH. G‘iyosov.

O‘z navbatida, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi vakili Kamola Hamidova partiya hozirgi propiska tizimi bo‘yicha qanday pozisiyada ekanini aytib o‘tdi.

“Adolat sosial-demokratik partiyasi hozirgi fuqarolarni propiska va ro‘yxatga olish tizimidan norozi”, - dedi K. Hamidova.

Kiritildi: 15:47 11.12.2019. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!