Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

2021 yilda O‘zbekistonni qancha odam butunlay tark etgani ma’lum bo‘ldi

2021 yilda O‘zbekistonni qancha odam butunlay tark etgani ma’lum bo‘ldi

2021 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha 10 689 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3 686 kishi), Toshkent viloyati (2 842 kishi) va Toshkent shahri (2 048 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qashqadaryo (91 kishi), Buxoro (96 kishi), Surxondaryo (106 kishi), va Namangan (110 kishi) viloyatlaridan nisbatan kam odam ko‘chib ketgan.

O‘zbekistondan fuqarolar Qozog‘iston (65,6 foizi), Rossiya (25,3 foizi), Tojikiston (2,2 foizi), Qirg‘iziston (1,6 foizi), Ukraina (1 foizi) va boshqa davlatlarga (4,3 fozi) ko‘chib ketgan.

Kiritildi: 17:02 29.07.2021. O'qildi: 3609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!