Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

2021 yilda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi

2021 yilda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi

2021 yilda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi. Bu haqda AOKA o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov ma’lum qildi.

"Bugungi kunda respublikada jami 184 174 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan:

— umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari – 42 869 km;

— ichki xo‘jalik yo‘llari – 116 560 km;

— idoraviy yo‘llar – 24 745 kmni tashkil etadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufida, ichki xo‘jalik yo‘llari – mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yo‘llar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi. 

✔️2020 yilda jami 5 186,3 mlrd.so‘m (rejaga nisbatan 101,8 %) miqdorida avtomobil yo‘llarini qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km (rejaga nisbatan  101,2 %) avtomobil yo‘llari qayta qurildi va ta’mirlandi. 

2021 yilda 4 577,4 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtiriladi hamda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi. Jumladan:

▫️ investisiya dasturi doirasida 2 165,0 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 95,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi;

▫️ kapital ta’mirlash dasturi doirasida 355,0 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilib, 100,0 km avtomobil yo‘li kapital ta’mirlanadi;

▫️umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 1 801,8 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 2 540,0 km avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi;

▫️ ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha 255,6 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 1 200,0 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi", dedi u.

Kiritildi: 14:46 03.02.2021. O'qildi: 1925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!