Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi aniqlandi

A A A
2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi aniqlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi deya Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Oqqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov e’tirof etildi.

2-o‘rin Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov, 3-o‘rin Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Qo‘chqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.

Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi «Eng obod masjid» deb topildi. Bu yo‘nalishda 2-o‘rinni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidi, 3-o‘rinni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi qo‘lga kiritdi.
 

Kiritildi: 14:30 11.03.2021. O'qildi: 3965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!