O‘zbekistonda 2019 yilgi Haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo‘yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ 33 mln 300 ming so‘m etib belgilanibdi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida farmoyishi qabul qilingan bo‘lib, farmoyishga ko‘ra Haj va Umra yo‘nalishida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini pasaytirish ham ko‘zda tutilgan edi.
Qayd etish kerak, 2018 yil uchun Haj ziyorati narxi 38 000 000 so‘m etib belgilangan edi.