Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

2018 yilning 7 oyida xorijga ishlashga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi

2018 yilning 7 oyida xorijga ishlashga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligidan ma’lum qilishicha, 2018 yilning 7 oyi davomida 1 366 fuqaro Koreya Respublikasiga, 561 fuqaro Rossiya Federasiyasiga, 277 fuqaro Turkiya Respublikasiga va 5 fuqaro Polsha davlatiga qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash uchun yuborilgan, deb yozadi O‘zA.

Shuningdek, 18 ming 25 fuqaroga agentlik, uning hududiy filiallari, hamda mehnat organlari tomonidan maslahat berish, ro‘yxatga olish hamda imtiyozli chiptalar berilishi orqali Rossiyada mehnat faoliyatini boshlashga ko‘maklashildi.

Koreya Respublikasiga ishga ketgan fuqarolarning shartnoma muddati 4 yilu 10 oygacha bo‘lgan muddatni, Rossiya va Polsha davlatlariga ketgan fuqarolarning shartnoma muddati 1 yilgacha bo‘lgan muddatni, Turkiyaga ketgan fuqarolarning shartnoma muddati mavsumiy hisoblanib, mehmonxona xizmatida 7 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqadigan fuqarolarga bir qator imtiyozlar va imkoniyatlar yaratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlik filiallari huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ishga chiqayotgan fuqarolarga temir yo‘l va aviachiptalarni 20 foizlik chegirma asosida sotishga ixtisoslashtirilgan maxsus kassalar (14 ta) tashkil etildi va joriy yilning 2 aprelidan to‘liq ishga tushirilib, chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ishga chiqayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish ma’lumotlar bazasining elektron dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

AT «Aloqabank» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK hamda AT «Aloqabank» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasida temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘mgacha miqdordagi to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Kiritildi: 09:33 15.09.2018. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!