Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning 2011 yilda (o‘sha vaqtda Bosh vazir sifatida) Somaliga qilgan tarixiy tashrifi somalilik xalq xotirasida chuqur iz qoldirgan.
Erdo‘g‘anning 2011 yil avgust oyidagi tashrifi mamlakatda 1990 yilda davlat tuzilmalari yiqilgandan keyingi eng og‘ir davrlardan biriga to‘g‘ri keldi.
Prezident Turkiyalik hukumat a’zolari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan birga Mog‘adishoga kelgani katta ahamiyat kasb etdi. Chunki o‘sha vaqtda Somali o‘z tarixidagi eng kuchli qurg‘oqchiliklardan birini boshdan kechirayotgan edi.