Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzdorligini undirishga oid jami 2 trillion 39 milliard so‘mlik 40 mingdan ortiq hujjatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida 31 mingdan ortiq 1 trillion 890 milliard so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlangan. Shundan 15 mingdan ortiq 718 milliard so‘mlik ijro ishlari esa amalda ijro etilgan.
Shuningdek, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 172 ta 191 milliard so‘mlik mol-mulklar, jumladan, 26 ta 178 milliard so‘mlik ko‘chmas mulk, 144 ta 12 milliard so‘mlik avtotransport vositalari hamda 2 ta boshqa turdagi mulklar xatlanib, auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlangan.
Endi mazkur mulklar belgilangan tartibda realizasiya qilinib, mol-mulk sotuvidan tushgan mablag‘lar qarzdorlik uchun yo‘naltirilishi ta’minlanadi.
Xususan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining qaroriga asosan “EYVALAK-TECHNOLOGY” mas’uliyati cheklangan jamiyatning soliq qarzdorligi bo‘yicha Ohangaron shahar “Guliston” MFYda joylashgan uy xatlandi. Belgilangan tartibda bu mulk realizasiya qilish uchun aprel oyida elektron onlayn auksion savdoga chiqarilgan. Shunga ko‘ra, 2 milliard 116 million so‘mga sotilgan.
Bu boradagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.