Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

2 ta o‘yinda maydonga tushgan Messi Kopa Amerika guruh bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

2 ta o‘yinda maydonga tushgan Messi Kopa Amerika guruh bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Lionel Messi WhoScored talqini bo‘yicha Amerika kubogi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentinalik forvardning o‘rtacha bali 8,51 ni tashkil qildi. Lionel ikkita o‘yinda bitta golli uzatmani amalga oshirdi va 6 ta golli vaziyat yaratdi.

Turnirning birinchi bosqichi uchun ramziy terma jamoa ham tuzildi. Unga o‘z pozisiyalarida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan futbolchilar kiritilgan.

Jamoa tarkibiga quyidagicha:

– darvozabon: Klaudio Bravo (Chili, 7,78);

himoyachilar: Daniel Munyos (Kolumbiya, 7,81), Ronald Arauxo (Urugvay, 7,73), Kristian Romero (Argentina, 7,72), Xon Aramburu (Venesuela, 8,1);

yarim himoyachilar: Xames Rodriges (Kolumbiya, 8,12), Manuel Ugarte (Urugvay, 7,77), Moyses Kaysedo (Ekvador, 7,75), Maksimiliano Arauxo (Urugvay, 7,88);

hujumchilar: Lionel Messi (Argentina, 8,51), Darvin Nunyes (Urugvay, 7,94).

Kiritildi: 09:34 04.07.2024. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!