Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

2 mlrd. so‘mdan ziyod kosmetika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

2 mlrd. so‘mdan ziyod kosmetika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

«Toshkent-AERO» IBK tezkor tuzilmalari tomonidan qiymati 2 mlrd. so‘mdan ziyod kosmetika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Joriy yilning 14-yanvar kuni «Toshkent-AERO» IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan parfyumeriya va kosmetika vositalarining realizasiyasiga qarshi kurash borasida poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Farg‘ona yo‘li 3-tor ko‘chasida joylashgan omborxona uning mudiri ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 2 mlrd. 150 mln. so‘mlik jami 598 turdagi 29 ming 253 dona parfyumeriya va kosmetika vositalari saqlanib kelinayotgani fosh etildi va vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:22. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!