Harbiy harakatlar paytida 80 ming ukrainalik va 200 ming rus askari halok bo‘ldi, deb yozadi The Wall Street Journal Ukraina manbalari va G‘arb razvedka ma’lumotlariga tayanib.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaralangan harbiylar soni taxminan teng va har tomondan 400 mingga yaqin. O‘lganlar va yaradorlarning aniq sonini aniqlash juda qiyin, chunki Rossiya ham, Ukraina ham qurbonlar bo‘yicha rasmiy hisob-kitoblarni e’lon qilishdan bosh tortishadi, shuningdek, ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etishadi, deya qayd etadi The Wall Street Journal.
Bunday katta yo‘qotishlar jang maydonida muammolarni keltirib chiqaradi va demografik xavotirlarni kuchaytiradi, deb yozadi The Wall Street Journal. Aholisi kamroq bo‘lgan Ukraina uchun yo‘qotishlar Rossiya Federasiyasidagidan ko‘ra ko‘proq zararga olib keladi, deydi jurnalistlar.