Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

18 yanvar kelishuvi Suriyaning hududiy yaxlitligini ta’minlashda burilish nuqtasi bo‘ldi

18 yanvar kelishuvi Suriyaning hududiy yaxlitligini ta’minlashda burilish nuqtasi bo‘ldi

2026 yil 18 yanvar kuni Suriya hukumati va YPG/SDG (Suriya Demokratik Kuchlari) o‘rtasida imzolangan kelishuv mamlakatning hududiy va institusional yaxlitligini tiklash yo‘lida muhim burilish nuqtasi sifatida baholanmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, SDG tuzilmalari to‘liq ravishda Suriya qo‘shinlari va davlat institutlariga integrasiya qilinadi, shuningdek, keng qamrovli sulh o‘rnatiladi. Hujjat Suriyaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va yagona davlat tizimini mustahkamlashga qaratilgan.

Istanbul Madaniyat universiteti professori Veysel Kurt ta’kidlashicha, mazkur kelishuv avvalgi urinishlardan farqli o‘laroq, Damashq xavfsizlik operasiyalarida ustunlikka erishganidan so‘ng tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Bu esa hujjatda davlat manfaatlari ustuvor ekanini ko‘rsatadi.

14 banddan iborat kelishuv xavfsizlik, ma’muriy boshqaruv, chegaralar, aerodromlar hamda neft-gaz konlari ustidan davlat nazoratini tiklashni nazarda tutadi. Mutaxassislar fikricha, ushbu kelishuv Suriyada uzoq yillik inqirozni bartaraf etish va yagona davlatni tiklash sari muhim qadam hisoblanadi.

Kiritildi: 20:54 19.01.2026. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!