Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

1500 ishtirokchi, yangi kelishuvlar va milliardlab loyihalar — Samarqandda O‘zbekiston–Xitoy forumi bo‘lib o‘tadi

1500 ishtirokchi, yangi kelishuvlar va milliardlab loyihalar — Samarqandda O‘zbekiston–Xitoy forumi bo‘lib o‘tadi

1-2 iyun kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.

“Forumda 1500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, hukumatlar, viloyatlar hokimliklari, shuningdek, fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investisiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, forum O‘zbekiston hududlari va Xitoy provinsiyalari o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam.

Kiritildi: 09:20 21.05.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!