Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

15 aprel kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

15 aprel kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15 aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, kechqurun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

14-15 aprel kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

14-15 aprel kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Kiritildi: 12:04 14.04.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!