Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

14 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

14 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

13-15 aprel kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

13-14 aprel kunlari respublikamizning ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, Baland tog‘li joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

13-15 aprel kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Kiritildi: 13:05 13.04.2024. O'qildi: 1948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!