Seshanba kuni Damashq xalqaro aeroporti 13 yil ichida Qatardan birinchi fuqarolik reysini qabul qildi. Bu haqda aeroport vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua axborot agentligi.
Sobiq Suriya hukumati davridagi keskinlik tufayli to‘xtatilgan yo‘nalish dekabr oyida hokimiyat almashganidan bir necha hafta o‘tib qayta tiklandi. Bu Suriyaning yangi hukumati va Doha o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashishini ko‘rsatishi mumkin.
Keyingi parvozlar yoki kengaytirilgan xizmat jadvallari haqida batafsil ma’lumot hali e’lon qilinmagan.
Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng Suriya o‘tish davri hukumatining yangi tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan ash-Shiboniy Dohaga borib, Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Har ikki tomon muzokaralarni "chuqur va keng qamrovli" deb ta’riflab, Suriyada qayta qurish va o‘tish jarayoni uchun umumiy yo‘l xaritasining muhimligini ta’kidladi.