Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

13 tonna-ya! Morokashda katta miqdordagi giyohvand moddalar musodara qilindi

A A A
13 tonna-ya! Morokashda katta miqdordagi giyohvand moddalar musodara qilindi

Marokash polisiyasi mamlakatning eng yirik shahri Kasablanka yaqinida 13 tonna marixuanani musodara qildi.

Bu haqda “Sinxua” Marokash milliy xavfsizlik bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Kasablanka chekkasida ikkita avtomashinada katta miqdordagi giyohvandlik moddasini topib, xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhga aloqadorlikda gumon qilingan 39 yoshli erkakni qo‘lga olishgan.

Polisiya ushbu ishni tergov qilishda davom etmoqda. Ta’kidlanishicha, Marokashning ba’zi hududlarida giyohvand moddalarni noqonuniy o‘stirish bilan bog‘liq qiyin vaziyat mavjud.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy marixuananing ko‘p qismi kontrabanda yo‘li bilan Yevropaga olib ketiladi.

Kiritildi: 22:00 22.08.2020. O'qildi: 2415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!