Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

1250 tonna oltin masalasi: Berlin Tramp tufayli AQShdan xavotirda

1250 tonna oltin masalasi: Berlin Tramp tufayli AQShdan xavotirda

Germaniya Tramp tufayli AQShdagi oltin zahiralarini mamlakatga qaytarmoqchi.

Germaniya AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati tufayli AQShdagi omborlarda saqlanayotgan oltin zahiralarini yo‘qotishdan qo‘rqmoqda.

Bu haqda yevropalik siyosatchilarga tayanib, Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniya rasmiylari Trampning AQSh Federal zaxira tizimiga hujumlaridan xavotirda.

Hozirda AQShda taxminan 1250 tonna nemis oltini saqlanadi.

Germaniya parlamenti deputati Markus Ferberning aytishicha, Trampni oldindan aytib bo‘lmaydi va u qachonlardir xorijiy oltin zahiralarini boshqarish bo‘yicha yangi g‘oyalarni ilgari surishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Germaniya va Yevropa uchun ishonchli hamkor bo‘lishni to‘xtatdi.

Kiritildi: 20:59 31.05.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!