Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

12 yillik tanaffusdan so‘ng: AQSh elchixonasi Suriyada qayta ochildi

12 yillik tanaffusdan so‘ng: AQSh elchixonasi Suriyada qayta ochildi

AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriyadagi maxsus vakili Tomas Barrak 29 may kuni Suriya poytaxti Damashqdagi elchixona rezidensiyasida AQSh bayrog‘ini ko‘tardi. Bu hodisa Suriyadagi AQSh elchixonasi 2012 yilda yopilganidan beri birinchi marta yuz berdi. Bu haqda Kunuz xorij nashrlariga tayanib xabar berdi.

Elchixonaning qayta ochilish marosimida Suriya tashqi ishlar va muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Hasan al-Shayboniy ham qatnashgan.

Shuningdek, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a o‘z qarorgohida TIV, mudofaa va razvedka xizmati rahbarlari hamrohligida Tomas Barrak bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Reuters nashriga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Suriya yangi ma’muriyati bilan AQSh tez sur’atda aloqalarni tiklamoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp may oyining o‘rtalarida Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Suriya yangi prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashib, Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishini aytgan edi.

«Men AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak — Suriyaga maxsus vakil sifatida xizmat qilishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Barrak — Suriyada ekstremizmni to‘xtatish, munosabatlarni yaxshilash va Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlar borligini tushunadi. Birgalikda biz Amerikani va butun dunyoni yana xavfsiz qilamiz!» — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda Davlat departamentining Yaqin Sharq bo‘limi.

Kiritildi: 19:24 29.05.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!