Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

112 million so‘mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

112 million so‘mlik maishiy texnika buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday huquqbuzarlikka chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida “ISUZI” rusumli yuk avtoulovi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, mazkur  avtoulovda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 60 dona televizor va 52 dona changyutgichlar borligi aniqlandi.

Umumiy qiymati 112 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu maishiy texnika buyumlari qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

 

 

 

Kiritildi: 12:45 28.01.2020. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!